Bayrog‘im- mening g‘ururim
Kuni kecha davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan shahrimizdagi o‘quv muassasalarida ham bayram tadbirlari, turli tanlovlar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, 11 -IDUMning boshlang‘ich talim o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Bayrog‘im- mening g‘ururim” nomli ijodiy ishlar tanlovi ishtirokchilari o‘zlarining ijod namunalari bilan shahar hokimi huzuriga tashrif buyurishdi.
Shahar hokimi Gavhar Alimova ushbu o‘quvchi yoshlarni davlatimiz bayrog‘iga bo‘lgan mehrini va iste’dodlarini e’tirof etib, kelgusida ota-onalari faxrlanadigan yurtimizning sodiq farzandlari bo‘lib yetishishlariga eng ezgu tilaklarni bildirdi va ularga dastxat qo‘yib kitoblar sovg‘a qildi.