Bayram tadbirlari o'tkazilmoqda
Yangi yil bayrami munosabati Kattaqo'rg'on shahridagi mahallalarda bolalar ishtirokida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
Bugun shahrimizdagi Amir Temur nomli mahallada o’tkazilgan tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladi va ularga bayram sovg’alari ulashdi. Bayram tadbiri davomida bolajonlar yangi yil haqidagi she’rlarini aytib berishdi.
Tadbir qorbobo va ertak qahramonlari chiqishlari hamda ajoyib kuy-qo'shiqlar bilan davom etdi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.