insurez
21-08-2025 17:30

Barqaror ma’naviy muhit - taraqqiyot omili


 Bugun Kattaqo'rg'on shahrida Respublika ishchi guruhi tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida, targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. “Doniyorbek” tadbirlar maskanida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar mahallalar yettiligi, OTM, texnikum va maktablar rahbarlari, pedagoglar, tibbiyot xodimlari hamda Nurobod, Qo‘shrabot, Narpay, Paxtachi, Ishtixon tumanlarining maktab direktorlari va o‘rinbosarlari ishtirok etdi. 

 Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi maslahatchisi I.Marupov, DIQ Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Boymurodov va shahar hokimi G.Alimova tomonidan “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” da belgilangan asosiy yo‘nalishlar keng qamrovli tarzda yoritildi.

Xususan, ushbu konsepsiyada belgilangan diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, diniy-ma’rifiy faoliyatni huquqiy asoslar doirasida olib borish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Teglar
- -