Bank vakillari aholi muammolarini o‘rganmoqda
Shahrimizda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi qonunchilikka to‘liq rioya etilishi, tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganib, hal etish bo’yicha aniq chora-tadbir ishlab chiqilgan.
Mazkur ishlarni amalga oshirishda tijorat banklari ham faol ishtirok etmoqda. Bu borada fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatlarini tashkil etishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratish hamda kasb-hunarga o‘qitish orqali daromadli mehnat bilan ta’minlash maqsad qilingan.
Ushbu jarayonda tadbirkorlar muammosini o‘rganish va hal etish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarga ham e’tibor qaratilmoqda.