Bandlik - хalqaro hamkorlik
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazida ishsiz fuqarolar ishtirokida Rossiyaning Ozon kompaniyasiga vaqtincha ishga jo‘natishni tashkil etish maqsadida mazkur kompaniyaning Moskva shahridagi vakili bilan onlayn suhbat o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida korxona haqida ma’lumot berilib, ish beruvchi tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlar tushuntirildi hamda tanlovlardan o‘tgan fuqarolarni jo‘natish bilan bog‘liq ishlar kelishib olindi.
Ozon kompaniyasiga shahrimizdan yaqin 1 hafta ichida dastlabki 20 nafar ishsiz fuqarolar jo‘nab ketishi belgilandi.