insurez
18-06-2025 10:41

Baland chordara mahallasida aholi muammolari o’rganildi


Shahar 2-sektor hududidagi "Baland chordara" mahallasida aholi muammolarini o’rganish va qonuniy hal qilish choralarini ko’rish maqsadida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. 

Sayyor qabulda shahar 2 sektor rahbari, shahar hokimining o’rinbosari Jamshid Axmedov tomonidan mazkur mahalla aholisining murojaatlari o'rganildi. Qabulda 14 nafar fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan ishtirok etdi. Murojaatlar asosan ishga joylashish, ichimlik suvi, davolanish va boshqa masalalar bo‘yicha bo'ldi. 

O’tkazilgan qabul jarayonida 6 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 3 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi va 5 ta muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi. 

Teglar
- -