insurez
09-01-2025 15:23

"Ayollar daftari"ning 6- bosqichi bo‘yicha seminar o‘tkazildi


 Bugun shahrimizdagi 1-sektorda  “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini tashkil etish bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi. 

Unda xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahriga  biriktirilgan vakil,  viloyat kasaba uyushmasi  bo‘yicha mas’ul Orif Mizamov, shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova, “Mahalla” uyushmasi shahar bo‘limi boshlig‘i A.Raxmonov, sektor a’zolari hamda 1- sektordagi mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, mas’ul tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritish uchun xatlov ishlarini amalga oshirish, daftarga kiritiladigan xotin-qizlarning individual dasturlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Teglar
- -