insurez
09-01-2025 10:19

“Ayollar daftari”ga start berildi


Shu kunlarda “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga start berildi. Shu munosabat bilan mahallalardagi xotin-qizlar faollari mahalla yettiligi hamkorligida individual dasturni to‘ldirish bo‘yicha  xonadonlarda xatlov jarayonlari ketmoqda.

Jumladan, xatlov davomida shahrimizning “O‘rikzor”, “Ko‘hnadam”, “Chordara”, “Qoriravot” , “Miyonkol”,  Alisher Navoiy  va boshqa  mahallalardagi xotin-qizlarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

Shuningdek, ushbu xatlov doirasida xotin-qizlar faollari va mahallalardagi doyalar bilan birgalikda homilador ayollarni skrining va farzand ko‘rish intervaliga tekshiruvlar ham tashkil qilingan.

Teglar
- -