Ayollar daftari – 2024
2024 yil davomida "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga 6 ta toifa bo‘yicha turli yordamlar ko‘rsatildi.
Jumladan, yaqinda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova va Xalq banki xodimi bilan birgalikda xonadonlarga borilib, daftarda ko‘rsatiladigan yordamlar xotin-qizlarga taqdim etildi.
Shuningdek, ushbu yordamlar asosida xotin-qizlarga mavjud imkoniyatlardan foydalanib kasb-hunar egallashlari haqida tushuntirishlar berildi.