Ayni vaqtda
Ayni damda Samarqand viloyat Kattaqoʻrgʻon shahrida “Energetika xavfsizligi” oyligi doirasida seminar o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departament boshligʻining o‘rinbosari Baxtiyor Asrorov va shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar sektor rahbarlari ishtirok etmoqda.
Seminarning asosiy maqsadi — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni baholash, aholini energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish, shuningdek, qish mavsumini xavfsiz va betalofat o‘tkazishga yo‘naltirilgan.
Bunday tadbirlar, kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqarorligini ta’minlash va aholi uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi.