insurez
29-08-2024 13:17

Ayni damda


Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining  Ingichka shaharchasidagi Fabrikaning 2-navbatini ishga tushirish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Unda, viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Shukurov, shahar hokimi Gavhar Alimova, OKMK boshqaruv rais o‘rinbosari Zohid Ishmuhammedov, jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirda so‘z olganlar  fabrikaning Kattaqo‘rg‘on shahri taraqqiyotida va aholi farovonligida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Loyihani ishga tushishi natijasida 120 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -