insurez
16-09-2025 15:02

“Axloq, intizom va mas’uliyat” shiori ostida ma’rifat soatlari


Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalarda yuksak ma’naviyat, mas’uliyat hissi va intizomni mustahkamlash maqsadida “Axloq, intizom va mas’uliyat” shiori ostida ma’rifat soatlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda talabalar institut ichki tartib-qoidalari, odob-axloq normalariga rioya qilish, mas’uliyatli bo‘lish hamda intizomli hayot tarzini shakllantirish borasida zaruriy tushunchalarga ega  bo'ldilar.

Shuningdek  talabalar ham  o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, bunday ma’rifiy soatlar ularning dunyoqarashini kengaytirishi, mas’uliyat va intizomni kuchaytirishi, shuningdek, ijtimoiy hayotda faol bo‘lishlariga turtki bo‘lishini ta’kidladilar.

Kattaqo‘rg‘on davlat Pedagogika instituti Matbuot xizmati.

Teglar
- -