AVVAL TARTIB VA OZODALIK, KEYIN BOSHQASI!
Yuzlab talabalar istiqomat qilar ekan, talabalar turar joyida qat'iy tartib, toza-ozodalikka qat'iy rioya qilinmasligi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu bois SamDU Kattaqo'rg'on filiali Xotin-qizlari kengashi vakillari direktor maslahatchisi G.Shakirova boshchiligida bugun, 23-sentabr kuni TTJni ko'zdan kechirdi.
TTJda belgilangan talablarga amal qilib, toza-ozoda yashayotgan talaba yigit va qizlar talaygina. Biroq dangasalik qilib, bunga bee'tibor bo'layotganlari ham bor!
Xotin-qizlar bu kabi holatlarni joyida bartaraf etishga kirishishdi. Idish-tovoqlarni, kiyim-kechaklarni o'z o'rnida saqlash, albatta, toza tutish, umumiy foydalanishda bo'lgan oshxonalar, kir yuvish xonalarida navbatchilikni qat'iy yuritish kabi muhim tavsiyalar berdi.
Haftada bir marta TTJda o'rganish ishlarini olib borishga kelishib olindi.