ARZONLASHTIRILGAN YARMARKA TASHKIL ETILDI
Yangi yil bayrami arafasida shahrimiz “Dehqon bozori” hamda shahar markazidagi “Yashil bozor” hududida aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada kattaqoʻrgʻonliklar oʻzlari uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari xususan, meva-sabzavot, poliz, dukakli, goʻsht va sut mahsulotlari, tuxum, oʻsimlik yogʻi va boshqa bir qator zarur mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxda xarid qilishmoqda.
Shuningdek, shahrimizdagi dehqon bozorida narxlarning asossiz oshirilishi, sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilinishi ham shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar tomonidan doimiy nazorat ostiga olingan.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.