ALOQABANK-TAYANCH “YOSHLAR BANKI”
Davlatimiz Rahbarining PQ 62-sonli qarorida yoshlarning tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yosh tadbirkorlik sub’ektlarining startap va innovatsion loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, kasb-hunar, raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillarni chuqur egallashi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, shuningdek, bandligini ta’minlash borasida bir qator vazifalar belgilangan.
Bugun shahar hokimligida yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda bu borada tushuntirishlar berildi.
Unda shahar hokimligi, Yoshlar ishlari bo‘limi hamda “Aloqabank” mutasaddilari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida yoshlarni bandligini ta’minlash, tadbirkorliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bank tomonidan ajratiladagan imtiyozli kreditlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarning savollariga mas’ullar tomonidan tegishlicha javoblar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.