insurez
06-11-2024 09:46

Alimova Gavhar Zayirovna nomzodi Kattaqo’rg’on shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi


Xalq deputatlari Kattaqo’rg’on shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida navbatdagi masala sifatida shahar hokimini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi. 

Shu munosabat bilan shahar hokimi lavozimiga nomzod bo’yicha viloyat hokimi oʻrinbosari Baxodir Qodirov Samarqand viloyat hokimining qarori bilan tanishtirdi. Maslahatlashuvda Kattaqo’rg’on shahar hokimi lavozimiga G.Alimova nomzodi ko’rsatilganligi bildirildi. 

Nomzod deputatlarga shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo’ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.

Nomzod bo’yicha partiyalar guruhlari ham o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning 2, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Kattaqo’rg’on shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Alimova Gavhar Zayirovna nomzodi Kattaqo’rg’on shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -