insurez
06-12-2024 09:57

AKSILKORRUPSIYA OYLIGI


Korrupsiya-ma’naviy nuqtai nazardan axloqsizlik va illat, huquqiy jihatdan jinoyat hisoblanadi.

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan e’lon qilingan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasidagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida o’quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda so'zga chiqqanlar korrupsiya jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini izdan chiqarib, adolatsizlik natijasida insonlar o‘rtasida notenglikni yuzaga keltiruvchi, jamiyat tanazzuliga sabab bo‘luvchi jirkanch illat ekanligi, bu illatni tag-tomiri bilan yo'q qilishga munosib hissa qo'shish har bir fuqaro zimmasidagi muqaddas burch ekanligini alohida ta'kidlab o'tishdi.

Teglar
- -