Aholining kibermadaniyatini yuksaltirish oyligi
Kattaqo'rg'on shahar Yoshlar ishlari bo'limi va mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan ta'lim muassasalari va aholi gavjum joylarda "Aholining kibermadaniyatini yuksaltirish oyligi" doirasida profilaktik targ’ibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Tadbirning maqsadi yoshlarda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirish, internet tarmoqlarida kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.




