Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muhim
Respublikamiz Prezidentining 2023 yil 1 iyuldagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82-sonli Farmoni hamda 2023 yil 28 sentyabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-319-sonli Qarori asosida 2023 yilning 15 oktyabr kunidan eksperiment tarzida Kattaqo‘rg‘on shahrida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ishga tushirilgan edi.
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida shahar hokimi bu yerda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ko‘zdan kechirish bilan birga markaz faoliyatini yanada rivojlantirish borasida ko‘rsatmalar berdi.
Ushbu markaz xodimlari tomonidan 137 ta (keys) ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarga ijtimoiy ish ochilib, individual xizmatlar rejasi ishlab chiqilgan. Keyslardan, 8 tasi o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
56 tasi nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasallikka chalinganlar, shuningdek, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga;
1 tasi tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga;
26 tasi ota-ona qaramog‘isiz va nazoratsiz qolgan bolalarga;
43 ta keys kam ta’minlangan oilalarga keyslar shakllantirilgan;
11 ta keys boshqa turdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalar uchun ijtimoiy ish ochilgan.
Shuningdek, -130 nafar fuqarolarga/oilalarga zarur yordamlar ko‘rsatilgan. Jumladan, 21 nafar fuqarolarga psixologik yordam ko‘rsatilgan.
-19 nafar bolalarga vasiylik va homiylik belgilangan
- 4 nafar fuqarolar monomarkazga kasbga o‘qitish uchun yo‘naltirilgan
- 3 nafar fuqarolar “O‘zgalar parvarishi muhtoj” AT ga kiritilib, asissent biriktirilgan.
-3 nafar fuqarolarni yaqin qarindoshlari bilan munosabatlari tiklangan.
Mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho‘basi tomonidan 19 ta “Keys” bo‘yicha xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilgan.
2023 yil 4 choragida 83 nafarni o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan olib borilgan ishlar natijasida 10 nafari sog‘lig‘i tiklangan, 7 nafari qarindoshlik rishtalari o‘rnatilib, o‘z xohishiga ko‘ra “Yolg‘iz keksa” reestridan chiqarilgan.
108 nafar fuqaro reabilitatsiya texnik vositalari bilan, 27 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar protez ortopediya moslamalari bilan ta’minlangan.
Markaz tomonidan 8 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga joylashtirilib, 33 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar monomarkazga kasb o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10 noyabrdagi 596-sonli qaroriga asosan kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan jami 1340 ta oilaning iqtisodiy ahvoli, daromad mezonlari oshganligi sababli kamaytirishga erishilgan.
Markaz xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha joriy yil aprel oyi yakunida jami oilalar soniga nisbatan 15,5 % ni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan boqimanda oilalarning soni kamayishiga erishilgan.
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati