AHOLI VA TADBIRKORLAR MUROJAATLARI O'RGANILDI
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan Savdo-sanoat palatasi shahar bo‘limi, Xalq qabulxonasi va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi tadbirkorlar va aholi uchun qabul o’tkazildi. Unda aholi, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
Bildirilgan murojaatlarning aksariyati uy-joy, sogʻliqni saqlash, imtiyozli kredit ajratilishi, soliq qarzdorligi hamda boshqa masalalardan iborat bo‘ldi.
O’tkazilgan qabul davomida kelib tushgan 15 ta murojaatning 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berildi hamda qolganlarining ijrosi nazoratga olinib, mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.