Aholi salomatligi yo‘lidagi xizmatlari e’tirof etildi
Shahrimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan soha xodimlari ishtirokida tadbirlar otkazildi. Jumladan, shahrimizdagi “Marvarid” sihatgohi xodimlari ishtirokida “Versal” tantanalar maskanida kasb bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova soha xodimlarining aholi salomatligini saqlashdek sharafli va mashaqqatli mehnatlarini e’tirof etdi. Tadbir davomida o‘zlarining samarali xizmatlari bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan xodimlarga shahar hokimligining tashakkurnomalari topshirildi.
Tadbir bayram dasturxoni atrofida, ajoyib kuy-qo’shiqlar sadosi ostida davom etdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.