AHOLI MUROJAATLARI O’RGANILDI
Bugun, Kattaqo’rg’on shahar Madaniyat saroyida aholi murojaatlarini o’rganish maqsadida shahar prokurori Ismoil Nuriddinov tomonidan sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabul davomida aholidan 50 ga yaqin o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha murojaatlari qabul qilindi.
Qabul jarayonida fuqarolardan asosan gaz ta’minoti, aliment undirish, uy-joy ta'miri, tadbirkorlik bilan shug'ullanish, fuqarolik pasporti olish, tibbiy yordam ko'rsatish, firibgarlik, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarning 20 dan ortig’i ijobiy hal etildi va qolganlarini ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo’naltirildi.




