insurez
27-03-2025 17:10

Aholi murojaatlari o‘rganildi


Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Yakkabog‘ hamda Islom Shoir nomli mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimi rahbariyati va Kattaqo‘rg‘on shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda ushbu mahallalarda yashovchi 50 nafardan ortiq fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etishdi.  

Qabul jarayonida fuqarolarning ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit ajratish, uy-joy kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish, ijtimoiy yordamlar va boshqa masalalari yuzasidan murojaatlari o‘rganilib, 8 ta murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, yechimi muddat va mablag‘ talab etilgan qolgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Teglar
- -