“AFROSIYOB” ENDI KATTAQO‘RG‘ONDA HAM TO’XTAB O’TADI
Endi Toshkent- Buxoro yo‘nalishidagi tezyurar poyezdlar "Kattaqo‘rg‘on" bekatida ham to‘xtab o‘tadi. Bugun 767 va 768 reyslar bilan yo‘nalishini amalga oshirayotgan "Afrosiyob" poyezdi ilk bora Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Ushbu tarixiy reys erta tongdan ya’ni soat 8:00 da Toshkentdan Kattaqo‘rg‘on tomon yo‘lga chiqib, 3 soat ichida shaharga kirib keldi. Poyezdning ilk yo‘lovchilari Kattaqo‘rg‘on temir yo‘l bekatida tantanali kutib olindi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki poezdning Kattaqo‘rg‘on bekatida to‘xtab o‘tishi shahrimizga keladigan xorijiy mehmonlar, tadbirkorlar va aholi uchun juda katta qulaylik bo‘ldi. Qolaversa, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport sohalarining rivojlanishida ham ulkan imkoniyatlar yaratiladi.
Uylaymizki, bugungi tarixiy voqea kelgusida Kattaqo‘rg‘on shahrini yanada rivojlanishi, turizm salohiyatini oshishida muhim qadam bo‘ldi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.