insurez
25-07-2025 08:49

Adiz Boboyev Nara prefekturasi gubernatori o‘rinbosari bilan uchrashdi


Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Yaponiyaga tashrifi doirasida Nara prefekturasi gubernatori o‘rinbosari bilan tor doirada muloqot o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda hududlararo savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashilib, bu boradagi imkoniyatlardan samarali foydalanish har jihatdan manfaatli ekanligiga to‘xtalib o‘tildi.

To‘qimachilik, farmatsevtika, metallurgiya va elektrotexnika sanoati, ta’lim va turizm sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinib, bu borada o‘zaro hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Teglar
- -