insurez
28-06-2025 11:37

Adaptiv sport: Para sportchilar tantanali kutib olindi


“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichida Samarqand viloyati vakillari 6 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza — jami 10 ta medalni qo‘lga kiritdi.  Samarqandlik para sportchilar medallar jamg‘armasi bo‘yicha respublikada ikkinchi o‘rinni egalladi. 

⚡️Xususan, musobaqaning “Armrestling” yo’nalishida Kattaqo’rg’on shahar “Yakkabog’“ mahallasidan Fazliddin Xaydarov 1-o'rinni egallab, “Zamonaviy sport maydonchasi”ni yutib oldi.

Samarqand temir yo‘l vokzalida mazkur musobaqa ishtirokchilarini viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi, viloyat sport boshqarmasi,  viloyat "Inson"  ijtimoiy xizmatlar boshqarmasi,, OAV vakillari va sportchilarning yaqinlari tantanali ravishda kutib olishdi.  


 

Teglar
- -