insurez
07-02-2025 18:16

4-SEKTOR YETTILIGI ISHTIROKIDA SEMINAR O‘TKAZILDI


Bugun shahar hokimligida 4-sektor mahalla yettiligi bilan ularning faoliyat samaradorligini oshirishga bag’ishlangan seminar o’tkazildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, shahar IIB boshlig’I G’.Islomov, shahar Soliq inspeksiyasi boshlig’I, 4-sektor rahbari F.G’aniyev ishtirok etdilar. 

Seminarda shahar 4-sektor hududidagi mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi. Xususan, mahallalarda aholi tinchligini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, muhtoj aholi qatlamini ijtimoiy himoya qilish borasida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va yettilikning boshqa vakillari o‘z vazifalari doirasida amalga oshirgan ishlari borasida taqdimot qilishdi.
Shuningdek, seminarda mahallalarda aholi turmush sharoitini yaxshilash, ish o‘rinlari yaratish, sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida hamkorlikdagi faoliyat haqida so‘z yuritildi.

Teglar
- -