4 – maktabda “Birinchi qo‘ng‘iroq”
Barcha umumta’lim maktablarida bo‘lgani singari 4 maktabda ham “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mustaqilligimizning 33-yilligi munosabati bilan "Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz birlashsak -Vatanmiz" shoiri ostida tashkil qilingan mazkur tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Shahlo Kuchkarova, mahalla faollari, maktab jamoasi, ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar maktabda boshlanayotgan yangi o‘quv yili muvaffaqiyatli bo‘lishini, yil davomida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini ta’kidladilar.
Birinchi sinfga qabul qilingan bolajonlar ayniqsa, ular uchun berilgan Prezident sovg‘alaridan juda xursand bo‘ldilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.