30 nafar xotin-qiz uchun imkoniyat
Mamlakatimizda aholini, xususan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” koʻplab xotin-qizlarni turmush sharoitlarini yaxshilashda imkoniyat bo'lmoqda.
Shahar Bandlik markazida bo’lib o’tgan tadbirda shahar hokimi G.Alimova, shahar prokurori I.Nuriddinov va mutasaddilar ishtirokida daftarda turgan xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari taqdim etildi.
Shahar hokimi xotin-qizlar bilan suhbat asnosida bu kabi imkoniyatlar davlatimizda xotin-qizlarga alohida eʼtibor qaratilayotganligining amaldagi isboti ekanligi haqida gapirdi va oʻz navbatida ayollar ham bundan unumli foydalanishlari, oilalarining tinchligi, mustahkamligini taʼminlash, farzandlarining tarbiyasiga eʼtibor berishlari lozimligini taʼkidladi.
Xotin-qizlar ularni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ushbu saʼy-harakatlardan mamnunliklarini bildirdilar.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.