3-SEKTOR YETTILIGI ISHTIROKIDA SEMINAR O‘TKAZILDI
Bugun Ingichka qo’rg’onida 3-sektor mahalla yettiligi bilan faoliyat samaradorligini oshirishga bo’yicha seminar o’tkazildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, shahar prokurori I.Nuriddinov, shahar IIB boshlig’I, 3-sektor rahbari G’.Ismoilov ishtirok etdilar.
Seminarda shahar 3-sektor hududidagi mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi. Xususan, mahallalarda aholi tinchligini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, muhtoj aholi qatlamini ijtimoiy himoya qilish borasida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va yettilikning boshqa vakillari o‘z vazifalari doirasida amalga oshirgan ishlari borasida taqdimot qilishdi.
Shuningdek, seminar davomida shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Tilavov Davlatimiz rahbarining 2025 yil 3 yanvardagi 1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berdi.