insurez
05-02-2025 18:44

2-SEKTOR YETTILIGI ISHTIROKIDA SEMINAR O‘TKAZILDI


Bugun shahar hokimligida 2-sektor mahalla yettiligi bilan faoliyat samaradorligini oshirishga bo’yicha seminar o’tkazildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, shahar prokurori, 2-sektor rahbari I.Nuriddinov, shahar Soliq inspeksiyasi boshlig’i F.G’aniyev ishtirok etdilar. 

Seminarda shahar 2-sektor hududidagi mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi. Xususan, mahallalarda aholi tinchligini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, muhtoj aholi qatlamini ijtimoiy himoya qilish borasida mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va yettilikning boshqa vakillari o‘z vazifalari doirasida amalga oshirgan ishlari borasida taqdimot qilishdi.  

Teglar
- -