insurez
06-11-2025 18:57

11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”


Jamiyat taraqqiyotining eng muhim tayanchi — inson, uning mehnati va ijtimoiy farovonligidir. Shu boisdan ham mamlakatimizda kasaba uyushmalari tizimiga, uning xalq manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rniga yildan-yilga yuksak e’tibor qaratilmoqda.

Bugun, Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kattaqo'rg'on shahar bo'linmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan tizimdagi boshlang'ich tashkilotlar raislari ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi G.Alimova soha vakillarini O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan muborakbod etdi va esdalik sovg'alarini topshirdi. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. 

Teglar
- -