1-OKTABR – O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat Pedagogika institutida ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida institut rektori Sh. Urakov mehribon va fidoyi ustozlarni samimiy tabriklab, ularning xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod qalbiga ilm va ma’rifat, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini singdirish yo‘lidagi fidokorona xizmatlarini yuksak e’tirof etdi.
Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G. Alimova ustoz va murabbiylarni kasb bayrami munosabati bilan muborakbod etib, ularning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rnini alohida ta’kidladi.
Yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash yo‘lida ibratli faoliyat yuritayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Talabalarning chiqishlari, badiiy dasturlari bilan tadbir yanada fayzli o‘tdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.