insurez

Rahbaryat


  • Mamatov Ikromjon Ibragimovich


    Lavozimi: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i


    Qabul kunlari:Haftaning har Dushanba kuni Soat 09-00 dan 13-00 gacha


    E-mail:Mamatovikromjon1974@gmail.com


    Telefon raqami:+998 94 475 87 82

  •  Mamatov Ikromjon Ibragimovich  - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining o‘rinbosari-shahar investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi


    Tug‘ilgan yili:20.10.1974  Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri
    Ma’lumoti:oliy Tamomlagan:2007 y. Toshkent moliya instituti (sirtqi)
    Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: moliya

    MЕHNAT FAOLIYATI

    1993-1994 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kattaqo‘rg‘on bo‘limi g‘aznachisi
    1994-1994 yy. - “O‘zdehqonsanoatbank” Kattaqo‘rg‘on bo‘limi 1-darajali xazinachisi
    1994-2003 yy. - Aksiyadorlik tijorat  “Tadbirkorbank”  Kattaqo‘rg‘on bo‘limi xazina mudiri, qarz  berish bo‘limi mutaxassisi,  qimmatbaho qog‘ozlar bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, qarz berish bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, qarz berish bo‘limi boshlig‘i
    2003-2009 yy. - Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki  Kattaqo‘rg‘on shahri filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari  vazifasini bajaruvchisi, o‘rinbosari, kredit-iqtisod bo‘limi boshlig‘i-boshqaruvchi o‘rinbosari
    2009-2015 yy. - Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank Pastdarg‘om filiali boshqaruvchisi
    2015-2020 yy. - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish,  xizmat ko‘rsatish  sohasi  va  tadbirkorlik  masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni  qisqartirish masalalari  bo‘yicha  birinchi  o‘rinbosari,  iqtisodiy  taraqqiyot  va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i
    2020 y. - h.v. - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining o‘rinbosari-shahar investitsiyalar  va tashqi savdo  bo‘limi  boshlig‘i 

    Shahar hokimligi apparatiga hamda shaharda iqtisodiyot va tadbirkorlik kompleksiga rahbarlik qiladi. Sohaga daxldor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi qaror va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashi va shahar hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi. 
    Kompleksga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Sohaga daxldor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligi qaror va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashi va shahar hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi;
     
    O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni tashkillashtiradi. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlaydi;
     
    shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi  tendensiyalar tavsiflovchi tahliliy  materiallarni shahar hokimligi  tarkibiy bo‘linmalari bilan  birga shahar hokimiga taqdim etadi;

    shaharni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini  oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni  amalga  oshirish  va  qarzdorlikni  bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;
    iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish,aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish;

    hududiy boshqaruv organlari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini  rivojlantirish  hamda  axborot xavfsizligini ta’minlash,  pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish,  axborot faoliyati, arxiv ishi,  intellektual  mulk  obyektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish;

    pochta va telekommunikatsiyalar faoliyati, arxiv ishi va intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi hamda shahar hokimi qarorlari bajarilishini tashkil etish;

    tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda shahar kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini  ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish;

    iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligini barcha sohasini, ayniqsa mevasabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda shahar mahalliy budjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlash;

    kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab- quvvatlash, ularning  huquqlarini  himoya qilish va erkinliklarining  kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy budjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy budjetga tushumlar hajmini oshirish;

    qishloq xo‘jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx kon’yukturasin o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish; 

    inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga nakd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;

    hududiy boshqaruv organlari, boshqa tashkilotlarning, birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko‘paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;

    mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va ularni jahon hamda mintaqa bozorlariga kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning ko‘paytirilishini rag‘batlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

    qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish chora - tadbirlarini amalga oshirish;

    iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pullik xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

    chakana va ulgurji savdoni, pullik xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek savdo va xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada  takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qullab-quvvatlash sohasida:

    biznesni yuritish, shu jumladan biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, yer uchastkalari berish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga  ulanish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va shu kabilar bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning  tadqiqotlari  doirasida baholanadigan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda joriy etilishi monitoringini olib boradi va chuqur tahlil qiladi;

    “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qiladi;

    ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi va keyinchalik ularni  mutasaddi  idoralarga kiritadi;

    hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni  takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;

    hududning eksport salohiyatini yuksaltirish, kichik biznes subyektlari eksportiga ko‘maklashish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, kichik biznes subyektlarini eksport faoliyatiga jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar va  takliflar ishlab  chiqadi va  amalga  oshirilishini ta’minlaydi;

    hududdagi tadbirkorlik subyektlarining chet davlatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishiga hamda chet davlatlarda savdo uylari tashkil qilishiga ko‘maklashadi;

    turizm xizmatlari eksportini ko‘paytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etilishini ta’minlaydi;
    tadbirkorlikni rivojlantirishdagi, mahsulot eksporti borasidagi eng muhim muammolar bo‘yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o‘tkazish,  shuningdek tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy  axborot  vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan tadbirkorlik  subyektlari orasida axborot va  tushuntirish ishlarini  tashkil etadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama  iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy  ekspertizadan o‘tkazish;

    qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hokimlikka yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

    jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquqlari va erkinliklari va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta’minlash, pasport- viza rejimiga rioya qilish, huquqbuzarliklarni sodir  etgan shaxslarni  ijtimoiy reabilitatsiya  qilish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muvofiqlashtiradi;

    mudofaa qudratini ta’minlash, harbiy xizmatga majbur shaxslarni hisobga olish chora-tadbirlarini amalga oshirish,  bronga qo‘yish  masalalari bo‘yicha hududiy boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

    favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlarda tegishli organlarning ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

    hokim tomonidan o‘tkaziladigan huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha yig‘ilishlarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi;

    hokim tomonidan o‘tkaziladigan huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha yig‘ilishlarni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, ularning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida hokimni belgilangan muddatlarda xabardor qiladi;

    tasarrufidagi mutaxassislar, bo‘limlar va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro
    intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat va boshqaruv  organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni 
    tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-son qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

    jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

    Quyidagi komissiya va Kengashlar ishiga rahbarlik qiladi:

    Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda  o‘zlarining ustav  jamg‘armalarini  shakllantirmagan korxonalarni tugatish shahar komissiyasi;

    Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda  yordam ko‘rsatish  bo‘yicha shahar  hokimligi huzuridagi maxsus komissiyasi;

    Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha shahar chaqiruv komissiyasi;

    Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash;

    O‘ta muhim va toifalangan obyektlar muhofazasini nazorat qilish komissiyasi;

    shahar hokimligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalarini berish bo‘yicha maxsus komissiyasi;

    qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

    Quyidagi komissiya va Kengashlar ish faoliyatini tashkil etadi:

    Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat  qilish  bo‘yicha  doimiy faoliyat  yuritadigan hududiy komissiya;

    O‘z vakolati doirasida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

    shahar hokimligi Moliya bo‘lim;

    shahar Davlat soliq inspeksiyasi;

    shahar Statistika bo‘limi;

    shahar G‘aznachilik bo‘linmasi;

    shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi

    Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi shahar bo‘limi;

    tijorat banklari;

    Savdo-sanoat palatasining shahar bo‘limi;

    shahar tovar xom-ashyo birjasi;

    shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi;

    “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati shahar bo‘limi;

    “O‘zbektelekom” kompaniyasi shahar filiali;

    shahar davlat Arxivi;

    shahardagi ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar.

    shahardagi ulgurji sharob savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar;

    Sug‘urta tashkilotlari;

    bozorlar va savdo komplekslari