insurez
03-02-2025 18:53

Kattaqo‘rg‘on shahar Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida rekonstruksiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha e’lon

Ma’lumki so‘nggi yillarda mamlakatimizda xususiy sektorga berilayotgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zero, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ba’zi xizmatlarning xususiy sektorga o‘tkazilishi nafaqat mazkur sohada ko‘rsatiladigan xizmat sifatini oshishini, balki byudjet mab’lag‘larining samarali sarflanishini ham ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 29-noyabrdagi “Samarqand viloyatida investisiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi  PQ-407-sonli qarori 14-bandida shahar A.Navoiy  nomidagi istirohat bog‘ining faoliyatini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida qayta tashkil etish va kengaytirish  ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024 yildagi "Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 720-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida"gi nizom 11-bandida, aholining, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilarning, ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini inobatga olish maqsadida vakolatli davlat organining talabiga binoan DXSh loyihasi jamoatchilik muhokamalari bilan birga tayyorlanishi lozimligi qayd etilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Kattaqo‘rg‘on shahar Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida rekonstruksiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi  davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida rekonstruksiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi ishlab chiqilayotganligini ma’lum qiladi.

      1. Loyiha doirasida xususiy sektor mablag‘lari hisobidan “G‘arb Machit” MFYda joylashgan Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘ida  tematik madaniyat va istirohat bog‘ini tashkil etish;  mavjud istirohat bog‘i rekonstruksiya qilinib atrofida yengil konstruksiyali savdo do‘konlari, sport-sog‘lomlashtirish va maishiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi kompleks ob’ektlar barpo etish hamda zamonaviy atraksionlar bilan jixozlash ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: Ushbu loyihani amalga oshirish orqali shaharda 24 ta yangi ish o‘rni yaratiladi hamda shaharga keladigan sayyohlar oqimi oshadi, xizmat ko‘rsatish sifati hamda shaharning investitsion jozibadorligi yaxshilanadi.

 Shuningdek, mazkur istirohat bog‘i  xususiy sherikka ishonchli boshqaruv asosida vaqtincha foydalanishga beriladi. Bunda, loyiha ob’ektlaridan kredit olish uchun garov sifatida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

DXSh to‘g‘risidagi bitim muddati tugagach, loyiha ob’ektlari (yangi qurilishi rejalashtirlgan binolar bilan birgalikda) davlat sherigiga qaytariladi.

Mazkur loyiha bo‘yicha fikr-mulohazalaringiz mavjud bo‘lgan taqdirda, quyida keltirilgan elektron manzillarga murojaat qilishingizni so‘raymiz: @Press_shaharbot ,  https://kattakurgon.uz

 

 

 

 

Teglar
Insurance Policy