
KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA O‘ZBEKISTON-HINDISTON BIZNES FORUMI O‘TKAZILADI
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
🗓 Ertaga, 8 aprel kuni shahrimizga Hindistonning Bengal Biznes Kengashi delegatsiyasi tashrifi kutilmoqda.
🤝Mazkur tashrif davomida Talim, sog‘liqni saqlash, zargarlik, farmatsevtika, turizm, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahrida ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum va B2B muloqotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
📊Shu munosabat bilan, investitsiyaviy va savdo hamkorligini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan ishbilarmonlarni mazkur tadbirga faol qatnashish hamda kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qulay imkoniyatdan samarali foydalanishga taklif qilamiz.
📍Uchrashuvlar 8 aprel kuni soat 10-00 da Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali binosida boshlanadi.
Murojaat uchun:
T.Abdullaev
Telefon: 99-642-24-44,
93-349-36-80
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.