Кattaqo‘rg‘on shahar hokimligi vakillari hamda tadbirkorlari Хitoyda
Ayni vaqtda Samarqand viloyati delegatsiyasi tarkibida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida delegatsiya Xitoyning Szyansu hamda Chjenchjou provinsiyalariga tashrifi va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi mas’ullari va tadbirkorlik sub’ektlari Xitoy davlatining “Nantong International Textile Industrial Park” Tekstil industrial markaziga tashrif buyurib korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shahar hokimining kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlar bilan Xitoy davlatiga tashrifi davom etmoqda
Samarqand viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi dasturi doirasida shahar hokimi Gavhar Alimova kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlar hamrohligida Xenan provinsiyasida bo‘ldi va “Xenan provinsiyasi – Samarqand viloyati o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish" bo‘yicha biznes forumda ishtirok etdi.
Provinsiyadagi Usi shahrida maishiy chiqindini qayta ishlash hisobiga elektroenergiya olish loyihasi bilan hamda Nantun va Usi shaharlaridagi oliy o‘quv yurtlari, ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdilar.
Usi shahar hokimligi nomidan rasmiy qabulda ishtirok etdilar.
Shuningdek delegatsiya a'zolari "Yutong Bus" kompaniyasiga tashrif buyurib, bu erdagi avtobuslar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi.
Termiz va Shaxinbey qardosh shaharlarga aylandi
Oʻzbekiston delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi doirasida Termiz va Shaxinbey shaharlari oʻrtasida qardoshlik maqomini oʻrnatish toʻgʻrisida protokol imzolandi.
“Termiz va Shaxinbey – qardosh shaharlar” maqomi xalqaro aloqalarning rivojlantirilishi, madaniy – tarixiy bilimlarning kengaytirilishi, biznes vakillari, madaniyat va sanʼat arboblari, akademik hamjamiyatlar va fuqarolar oʻrtasida doʻstona munosabatlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Ushbu marosimda “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi, senator Gavhar Alimova ham ishtirok etdi.
Gollandiyalik investorlar kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish istagida
Bugun shahrimizga tashrif buyurgan gollandiyalik investorlarning shahar hokimi Gavhar Alimova bilan samimiy suhbatlari kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan bo‘ldi.
Gollandiya davlatida joylashgan “Grosso Moda” dizaynerlik ishlab chiqarish kompaniyasi bugungi kunda o‘zining brend mahsulotlarini Shimoliy Amerika, Yevropa va Buyuk Britaniyaga eksport qiladi.
Shahrimizdagi sobiq tug‘ruq kompleksi binosida joylashgan "DENIM COLLECTION" tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishgan kompaniya vakillari shahrimizda ayollar va erkaklar kiyimlarini tikib eksport qilish bo'yicha o‘zaro hamkorlik o'rnatish istagini bildirdilar. Suhbat davomida investorlar ushbu hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi kelgusida ikki tomon uchun foydali bo‘lishini ta’kidladilar.
INGICHKADA YANA BIR YIRIK LOYIHA AMALGA OSHIRILMOQDA
Bugun shahrimizga tashrif buyurgan Xitoyning Xenan provinsiyasida joylashgan "Red Persimmon" MCHJ vakillarining shahar hokimi Gavhar Alimova bilan uchrashuvi bo’lib o’tda. Uchrashuv davomida xitoylik investorlar tomonidan Ingichka konida “Volfram ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish borasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shundan so’ng investorlar vilioyat hokimining o’rinbosari Rustam Qobilov va shahar hokim o’rinbosari Ikrom Mamatov hamrohligida Ingichka qo’rg’onida bo’lib, loyihani tashkil etishda qurilish va zaruriy kommunikasiya tarmoqlarini o’tkazish imkoniyatlarini ko’zdan kechirdilar.
Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida yil davomida 600 ming tonna volfram qumi qayta ishlanadi, 100 nafar ish o’rni yaratiladi.