insurez
16-03-2024 10:52


Kattaqo‘rg‘on  shahrining asosiy iqtisodiy rivojlanish  ko‘rsatkichlari

 Kattaqo‘rg‘on shahrida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi:

Sanoat  mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi  433.8 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib,  o‘sish sur’ati o‘tgan  yilning mos davriga nisbatan 117,3 foizni tashkil etdi;

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 122,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib,  o‘sish sur’ati o‘tgan  yilning mos davriga nisbatan 88,2 foizni tashkil etdi;

Qurilish ishlari  hajmi  122,5 mlrd. so‘mlik bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,0 foizni tashkil etdi;

CHakana tovar aylanmasi  hajmi  565,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib,  o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,0 foizni tashkil etdi;

Jami  xizmatlar hajmi 442,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib,  o‘sish  sur’ati  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,2 foizni tashkil etdi;

Eksport  hajmi  15,8  mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib,  o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 168,0 foizni tashkil etdi;

Import  hajmi 9,1 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lib,  o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 89,7 foizni tashkil etdi. 

Kattaqo‘rg‘on shahrida  korxonalar  va tashkilotlar faoliyatining umumiy tavsifi 

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida 2024-yilning 1-avgust holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 1925 tani tashkil qilib, shundan 1380 tasi yoki 71,7 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona
va tashkilotlarning asosiy qismi savdoda 712 ta (37,0 foizi), sanoat 342 ta (17,8 foizi), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 108 ta (5,6 foizi), qurilish   152 ta (7,9 foizi), tashish va saqlash 42 ta (2,2 foizi), axborot va aloqa 49 ta (2,5 foizi), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 45 ta (2,3 foizi), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 143 ta (7,4 foizi) va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish  332 ta (17,2 foiz) sohalariga to‘g‘ri keladi.

Kattaqo‘rg‘on shahrida demografiya va mehnat bozori

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga Kattaqo‘rg‘on shahri doimiy aholi soni 95,3 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 0,4 ming kishiga yoki      1,0 foizga ko‘paydi.

Shuningdek, 2024-yilning 1-iyul  holatiga Kattaqo‘rg‘on shahrida 50,1 foiz ayollar va 49,9 foiz erkaklar tashkil etgan. Demak, Kattaqo‘rg‘on shahrida erkaklar soni ayollar soniga nisbatan kam ekanligini kuzatishimiz mumkin.

Tug‘ilish darajasi. 2024-yilning yanvar-iyun holatiga Kattaqo‘rg‘on shaharda tug‘ilganlar soni 879 tani tashkil qildi va 2023-yilning shu davriga (1 137 kishi) nisbatan 258 taga kamaydi. Tug‘ilish koeffitsienti mos ravishda 18.6 promilleni tashkil qildi va      2023-yilning shu davriga (24,4 promille) nisbatan 5,8 promillega kamaydi.

Nikohlar va ajralishlar. 2024-yilning yanvar-iyun FHDYO organlari tomonidan  219 ta nikohlar va 71 ta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 4,6 promillega nikoh (2023-yilning tegishli davrida 5,2 promille) va 1,5 promillega ajralishlar (2023-yilning tegishli davrida 1,8 promille) to‘g‘ri keladi.

Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 237 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 466 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus  226 kishiga (2023-yilning shu davrida minus 79 kishi) teng bo‘ldi.

 

Teglar
Insurance Policy