Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Kattaqo’rg’on shahar bo‘limi tomonidan 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-sonli Qaroriga tegishli o‘zgarishlar kiritilishi munosabati bilan Kam taʼminlangan oilalarni "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali aniqlashdagi mezonlarga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 596-son Qarori asosida o‘quv seminar o‘tkazildi.
O‘quv seminari davomida Qarorning mazmun-mohiyati qo‘llanma materiallari asosida shahar Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i F.Jabborov tomonidan mahalla raislari, xotin-qizlar faollari va tegishli masʼul tashkilot rahbarlariga tushntirish berildi.
Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati