Tabrik

Image_tadbir: 

Samarqand shahridagi "Dinamo" o‘yingohida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Milliy gvardiya, Yoshlar  ittifoqi viloyat Kengashi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda Xalq ta’limi boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan musobaqada ishtirok etgan shahar va tumanlarda g‘olib bo‘lgan umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilaridan iborat 16 ta jamoa 9 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Musobaqada faol ishtirok etgan shahrimizdagi  11- umumta’lim maktabiniing “Bars” jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

G‘olib jamoalar 1, 2 va 3 darajali diplom, medal, ko‘chma kubok va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Хокимият города Каттакургана. Разработан в: SAKTRM