Image_tadbir:
Shoir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag’ishlangan turli kechalar, tadbirlar, o'tkazib kelinmoqda.
Shu jumladan Kattaqo`rg`on shahar maktabgacha ta’lim tashkilotiga qarashli 14-bog’chada buyuk allomamiz Alisher Navoiyning tavalludiga bag’ishlangan “ Navoiyxonlik” tadbiri o’tkazildi.
Bolajonlar tomonidan ijro etilgan Alisher Navoiyning she’rlari va g’azallari, sahnalari ko’rinishlari tadbirga yanada ko’tarinkilik bag’ishladi.
Kattaqo’r’gon shahar hokimligi axborot xizmati.