Yoshlar uchun sayor qabo‘l o‘tkazildi  

Image_tadbir: 

Yoshlar ishlari agentligining Samarqand viloyat yoshlari ishlari boshqarmasi boshlig'i X.Tuxtayev tomonidan belgilangan reja asosida yoshlar muammolarini o'rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Kattaqo'rg'on shahar "Noqis" mahallasida yoshlar bilan sayyor qabo‘l o'tkazildi

Qabulda yoshlardan jami 10 ta murojaat bo‘lib, shundan  4 tasi joyida hal etildi, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, 3 ta murojaat ijrosi ta'minlanishi yuzasidan nazoratga olindi.

Uchrashuv davomida X.Tuxtayev mahallada ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan "Tikuvchixona" faoliyati bilan tanishdi.

Murojaatlarning asosiy qismi – yoshlarga asbob-uskuna ajratish, talabalarning to'lov-kontraktini ma'lum bir qismida yordam berish, imtiyozli kreditlar ajratishda amaliy yordam berish kabilardan iborat bo'ldi. Shuningdek, faol yoshlar tomonidan bir qator taklif-mulohazalar bildirildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF KATTAKURGON CITY. Maked by: SAKTRM