Harbiy vatanparvarlik oyligi davom etmoqda
Kuni kecha shahrimizdagi 16-IDUMda "Harbiy vatanparvarlik oyligi" doirasida tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu maktabda tahsil olgan, Vatan uchun jonini fido qilgan Ulug'bek Barnoyev xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda kattaqo’rg’onlik qahramon Ulug'bek Barnoyevning ota-onasi shahar harbiy qism komandiri F.Umarov, komandir o'rinbosari Sh.Nizamiddinov, harbiylar, maktab jamoasi, o'quvchilar ishtirok etishdi.