ICHIMLIK SUVI TAʼMINOTI VAQTINCHA TOʻXTATILADI
07.04.2023 - 06:02Samarqand suv taʼminoti MCHJ Kattaqoʻrg'on shahar filialining koʻrpa suv inshootida yuqori bosimli diametri 700 boʻlgan suv quvuri avariya holatiga uchraganligi sababli taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan bugun, 7 aprel kuni soat 21:00 ga qadar ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
Koʻp qavatli uylar va zarurat boʻlgan hududlarga maxsus transport orqali ichimlik suvi yetkazib berilishi maʼlum qilinadi.
Murojaat uchun tel:+998939930755
Samarqand suv taʼminoti MCHJ Kattaqoʻrg'on shahar filiali