
Bugun ham Kattaqoʻrgʻon shahar sport maktabi o'yingohida sportning mini futbol turi boʻyicha Samarqand viloyati hokimi kubogi uchun "B" guruhi jamoalari o'rtasida musobaqa davom ettirildi.
Murosasiz o'tgan mazkur musobaqada "B" guruhida 3 ta o'yin, ya'ni, Kattaqoʻrgʻon -Pastdargʻom tumanlari, Kattaqoʻrgʻon shahar -Paxtachi tumani hamda Kattaqorg'on shahar-Kattaqo'rg'on tumani jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.
Bugungi mini futbol o'yinlari Kattaqoʻrgʻon -Pastdargʻom tumanlari 2:1, Kattaqoʻrgʻon shahar -Paxtachi tumani 3:2 va Kattaqorg'on shahar-Kattaqo'rg'on tumani 1:4 hisobi bilan yakunlandi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.