
Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar U.Barnoyev va Turkiston koʻchasi chorrahasida svetaforlar ishlamayotganligi boʻyicha video murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat yuzasidan shahar IIB YHXB boshligʻi J.Ismatullayevning maʼlum qilishicha, ushbu svetoforning elektr tizimida nosozlik kuzatilgan. Yuzaga kelgan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilib, hozirda ushbu chorrahadagi svetoforlarni toʻlaqonli ishlashi taʼminlandi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.