
Kattaqo'rg'on garnizonidagi harbiy qismda Samarqand harbiy prokuraturasi hamkorligida harbiy qism qo'mondonligi shuningdek Kattaqo'rg'on shahar Qori Muhammadrasul Jome masjidi Imom xatibi X. Do'stmurodov, shahar targ'ibot guruhi raxbari U.Sharipova va shahar Din ishlari qo'mitasi bosh mutaxassisi B.Qodirovlar ishtirokida uchrashuv o’tkazidi.
Uchrashuv harbiy xizmatchilarning oila a'zolariga e'tiborni yanada kuchaytirish, shuningdek ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga bag’ishlandi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.