So‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi

Bugun barcha umumta’lim maktablarida bitiruvchi yoshlarni maktabdagi so‘nggi, mustaqil hayot sari chorlovchi ilk qo‘ng‘iroq jarangladi. Shu munosabat bilan shahrimizdagi 2-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir ham his-hayajon va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Tadbirda ishtirok etgan shahar prokurori Fayzullo Egamqulov yoshlarni ushbu unutilmas kun bilan muborakbod etdi va kelajakda ustozlaridan olgan  bilimlarini o‘z o‘rnida qo‘llay olishlari va shu orqali yurtimizni taraqqiy ettirishda munosib hissa qo‘shishlariga tilak bildirdi.
Ushbu unutilmas kun o‘quvchilar qalbiga bir umga muhrlandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM