2-sektor rahbari fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi

Aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etilishida ular bilan o‘tkazilayotgan sayyor qabullarning ahamiyati katta. Zero, mana shunday qabullar orqali ko‘plab fuqarolarning muammolariga yechim topilmoqda.
Bugun shu maqsadda shahar prokurori, 2-sektor rahbari Fayzullo Egamqulov tomonidan “Bahoriston” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda shahar hokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shahlo Kuchkarova, tegishli tashkilotlar rahbarlari qatnashdilar.

Qabul davomida sektor hududidagi 10 ta mahalladan kelgan fuqarolarning turli masaladagi murojaatlari o‘rganildi. 
O‘rganish jarayonida murojaatlarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                         

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM