HARBIY PROKUROR SAYYOR QABUL OTKAZDI

Kattaqo'rg'on garnizoni harbiy qismda harbiy qism qo'mondonligi hamda Samarqand harbiy prokurori - adliya polkovnigi Odiljon O'sarov tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oilalari  uchun  sayyor qabul  o’tkazdi. 

Shuningdek  qabulda shahar Tibbiyot birlashmasi 1-Oilaviy poliklinikasi, shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi,  Davlat xizmatlari markazi, shahar Elektr tarmoqlari, Kattaqo'rg'on garnizoni uy-joydan foydalanish qismi xodimlari ham tashrif buyurib harbiy hizmatchilar va ularning oila a'zolari hamda ishchi xizmatchilarning muammolarini ko'rib chiqishdi.

Sayyor qabulda harbiy xizmatchilar va  oila a'zolari ish bilan ta'minlanmaganligi, bandlik, harbiy xizmatchilarning oila a'zolarining o'qitish hamda yashash sharoitlari, suv, gaz , uy-joy va boshqa muammoli masalalariga yechim topildi hamda vaqt talab etadigan muammolar bo'yicha ma'sul xodimlarga ko'rsatmalar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM